
- 4
- 10.01.2023 08:49:00
- 1 min read
Samsung kompaniyasi smartfonlar bozorida yetakchi bo‘lib qolmoqda, ammo uning flagmanlari sotuvi haqida bunday deyish qiyin.
Kompaniya Galaxy S22 turkumi uchun o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi – 30 mln smartfon sotilishiga erisha olmasligi mumkin.
Flagmanlar sotuvi pasayishi Janubiy Koreya kompaniyasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Samsung’ning asosiy bozori Janubiy Koreya va Yevropa bo‘lib qolmoqda. AQSH’da Galaxy Z Flip4 4-chorakda keskin tushib ketishi kutilmoqda. Ushbu model o‘zidan oldingisidan sotuvlar bo‘yicha naq 10% ortda qolmoqda.