
- 4
- 26.09.2026 11:30:00
- 1 min read
Kerakli masalliqlar:
500 gr go‘sht
3 dona piyoz
biroz tuz, zira va murch
Xamiri uchun:
150 ml sut
150 ml suv
1 choy qoshiq tuz
20 gr eritilgan sariyog‘
550 gr un
1 choy qoshiq razrixlitel
150 gr sariyog‘
Tayyorlanishi:
Birinchi idishga suv, sut, tuz, razrixlitel, un va eritilgan sariyog‘ solinib, yumshoq xamir qoriladi. Xamir tinguncha, somsaning nachinkasi tayyorlab olinadi. Keyin xamir yupqa qilib yoyilib, ustiga xona haroratida biroz erigan sariyog‘ surtiladi. Sariyog‘li xamirilar, taxlanib, yarim soatga muzlatgichga jo‘natiladi. Keyin muzlatgichdan olinib, tekis qilib yoyiladi. Pichoq yordamida to‘rtburchak shaklda kesiladi va ichiga go‘shtli nachinka solinib, bukiladi. Oxirida, somsalar ustiga tuxum sarig‘i surtilib, sedana yoki kunjut sepiladi. Keyin somsalar oldindan 200°C gacha qizdirilgan pechda 30 daqiqa davomida pishiriladi. Mazali va issiqqina somsalarimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha❤❤️