Liviyada Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Saif al-Islom o‘ldirildi

Liviyada Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Saif al-Islom o‘ldirildi
  • 3
  • 04.02.2026 09:48:00
  • 1 min read

Liviya sobiq rahbari Muammar Qazzofiyning o‘g‘li, 53 yoshli Saif al-Islom Qazzofiy o‘ldirildi. Bu haqda uning oilasi va manbalarga tayanib Reuters xabar berdi.
Rasmiy tekshiruvga ko‘ra, u o‘q jarohatlari oqibatida vafot etgan. Hodisa tafsilotlari hanuz aniq emas. Bir versiyaga ko‘ra, Saif al-Islom Hamada neft koni yaqinidagi janglar chog‘ida halok bo‘lgan. Boshqa ma’lumotlarda esa qotillik Az-Zaviya shahri yaqinidagi uyining bog‘ida sodir etilgani, noma’lum qurollangan shaxslar tomonidan otib ketilgani aytilmoqda. Mahalliy OAV ayrim hollarda voqeani Liviya Milliy birlik hukumatiga qarashli 444-brigada bilan bog‘lamoqda, biroq brigada bu da’volarni rasman rad etgan.

Saif al-Islom Qazzofiy Muammar Qazzofiyning ikkinchi o‘g‘li bo‘lib, rasmiy lavozim egallamaganiga qaramay, mamlakatdagi eng nufuzli shaxslardan biri sanalgan. 2011-yildan keyin qamoqda bo‘lgan, Xalqaro jinoiy sud tomonidan qidiruvga berilgan va keyinchalik siyosatga qaytishga uringan. Hozirda qotillik yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News