Saida Mirziyoyevaning ma’rifiy diplomatiyasi: nega Al-Azhar O‘zbekistonga yuz tutmoqda?

Saida Mirziyoyevaning ma’rifiy diplomatiyasi: nega Al-Azhar O‘zbekistonga yuz tutmoqda?
  • 8
  • 10.12.2025 14:37:00
  • 1 min read

Misrning nufuzli nashri “Al-Liwaa Al-Islami” birinchi sahifasida O‘zbekiston va Al-Azhar o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqqanini yoritdi. Mazkur jarayon O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tashabbusi bilan amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlangan. Maqolada Al-Azhar Bosh imomi Shayx Ahmad at-Tayyib O‘zbekiston bilan ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorligini bildirgani qayd etiladi. Xalqaro ekspertlar O‘zbekistonning ekstremizmga qarshi kurashda kuch ishlatish emas, balki ma’rifat va islohotlarga asoslangan yondashuvini ijobiy baholamoqda. Hamkorlik doirasida o‘zbekistonlik talabalar uchun grant va kvotalarni kengaytirish, shuningdek, ulamolar va mutaxassislar o‘rtasida doimiy tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Bu tashabbuslar “Uchinchi Renessans” g‘oyasining ma’naviy poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi. Xalqaro e’tirof Saida Mirziyoyevaning ma’rifiy diplomatiyasi O‘zbekistonni mintaqada va dunyoda ilm-fan hamda bag‘rikenglikka asoslangan taraqqiyot modeli sifatida tanitayotganini ko‘rsatmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News