Saida Mirziyoyeva BAAda “Insoniy birodarlik” mukofoti forumida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva BAAda “Insoniy birodarlik” mukofoti forumida ishtirok etdi
  • 2
  • 04.02.2026 15:59:00
  • 1 min read

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” xalqaro mukofoti taqdirlash marosimi doirasida yuqori darajadagi global forum bo‘lib o‘tdi. Unda Saida Mirziyoyeva ishtirok etib, ayollar yetakchiligi va ta’lim huquqini inson qadrining asosiy mezoni sifatida himoya qilish g‘oyasini ilgari surdi.
Forumda xorijiy mamlakatlarning birinchi xonimlari, Nobel mukofoti sohiblari, BMT agentliklari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, 150 nafar nufuzli mehmon ishtirok etdi. Saida Mirziyoyeva nutqida ayollar yetakchiligi jamiyatning ishonch va barqaror rivojlanishi uchun muhimligini ta’kidladi va oilaviy zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmasligi kerakligini qayd etdi.
Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi rahbari sifatida Markaziy Osiyoning ilk va yagona vakili bo‘lib, mukofot hakamlar hay’atida ishtirok etdi.

 “Insoniy birodarlik” mukofoti dinlararo tinchlik, ijtimoiy adolat va inson salohiyatini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan shaxslarga beriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News