Saida Mirziyoyeva Turkiya rasmiylari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Turkiya rasmiylari bilan uchrashdi
  • 4
  • 16.10.2026 10:55:00
  • 1 min read

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti kotibiyati rahbari Hasan Dog‘an hamda Prezident administratsiyasi bosh kotibi Haqqi Susmaz bilan uchrashdi. Muloqotda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va yaqin hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildi. Uchrashuv yakunida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy qadamlarni belgilash hamda ikki tomon uchun manfaatli yangi tashabbuslarni birgalikda amalga oshirishni davom ettirishga kelishib olindi.

Avvalroq Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan ham uchrashib, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilgan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News