
- 1
- 12.12.2025 14:40:00
- 1 min read
Kecha 11-dekabr kuni Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" mukofoti hay’ati yig‘ilishi doirasida Saida Mirziyoyeva Rim Papasi Lev XIV bilan uchrashdi. Yig‘ilishda mukofotning madaniyatlararo va dinlararo anglashuvni kengaytirishga qaratilgan faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilingan. O‘zbekistonda turli konfessiyalar vakillari, jumladan katoliklar, totuvlik va bag‘rikenglik muhitida yashayotgani ta’kidlandi. Mukofot bu qadriyatlarni xalqaro miqyosda mustahkamlashga intilmoqda. Butun dunyoda ishonchni mustahkamlash va insonparvarlik tamoyillarini ilgari surishga qaratilgan loyihalar ustida hamkorlikda ishlashga tayyorlik bildirildi.