Saida Mirziyoyeva Misr bosh imomi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Misr bosh imomi bilan uchrashdi
  • 7
  • 10.12.2025 13:33:00
  • 1 min read

Kecha Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" mukofoti hay’ati yig‘ilishi doirasida "Al-Azhar" majmuasi Bosh imomi Shayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tinchlik, o‘zaro anglashuv va inson qadr-qimmatini yuksaltirish orqali mukofot missiyasini amalga oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Insoniy birodarlik deklaratsiyasida belgilangan tamoyillarni saqlab qolish va rivojlantirish, global miqyosda hamkorlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi aytildi.

Suhbat chog‘ida Shayx Ahmad Tayyib Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy salomlarini yetkazdi. U 2018 va 2020-yillarda O‘zbekistonga qilgan tashriflarida ko‘rsatilgan yuksak mehmondo‘stlikni eslab o‘tdi. Shuningdek, u islom olamining buyuk ilmiy va fikriy an’analari Movarounnahr zaminiga borib taqalishini, Imom Moturidiy, Termiziy, Zamaxshariy, Farobiy, Xorazmiy kabi allomalarning merosi nafaqat islom sivilizatsiyasida, balki butun insoniyat taraqqiyotida ulkan o‘rin tutishini qayd etdi.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva eng qadimiy masjidlardan biri – Al-Azharni ziyorat qilish sharafiga muyassar bo‘ldi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News