
- 5
- 24.11.2025 20:27:00
- 1 min read
Bugun Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva poytaxtdagi havo ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha tezkor va muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazdi. Unda administratsiya va tegishli idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda havo sifati yomonlashuviga olib kelayotgan asosiy omillar, aholi murojaatlari va jamoatchilik takliflari ko‘rib chiqildi. Mas’ullar ekologik talablarga rioya qilmagan ishlab chiqarishlarga qat’iy choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
Majlisda tezkor va uzoq muddatli chora-tadbirlar ishlab chiqildi: ekologik nazoratni kuchaytirish, ifloslantiruvchi obyektlar faoliyatini cheklash, qurilish talablarini qat’iylashtirish, shaharni keng ko‘lamda ko‘kalamzorlashtirish va havo sifatini nazorat qilishning zamonaviy tizimini yaratish.
Mazkur chora-tadbirlar yaqin vaqt ichida prezident farmoni loyihasiga kiritiladi.