Saida Mirziyoyeva Trampning qarorgohida uchrashuv o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva Trampning qarorgohida uchrashuv o‘tkazdi
  • 0
  • 06.04.2026 18:18:00
  • 1 min read

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 6-aprel kuni Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida AQSHning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Donald Trampning qizi Tiffani Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Maykl Bulos ham ishtirok etdi.
Mirziyoyeva samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, muzokaralarni mazmunli va konstruktiv deb baholadi hamda yaqin kunlarda Vashingtonda yangi uchrashuvlar o‘tkazilishiga umid bildirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News