Rossiya prezidenti mamlakatdan rubl hamda oltin olib chiqishga cheklov joriy qildi

Rossiya prezidenti mamlakatdan rubl hamda oltin olib chiqishga cheklov joriy qildi
  • 0
  • 26.03.2026 13:30:00
  • 1 min read

Vladimir Putin joriy yilning 25-mart kuni Rossiyadan rubl va oltin olib chiqishni cheklash to‘g‘risidagi farmonini imzoladi. Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga 100 ming dollardan ortiq naqd rubl olib chiqish ta’qiqlandi. Jumlada, shaxslardan pul mablag‘ining kelib chiqishini bank hujjatlari bilan tasdiqlash va chet elda undan qanday maqsadda foydalanishini ko‘rsatib, deklaratsiya to‘ldirish talab qilinadi. Endilikda, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar esa, naqd rublni faqat Rossiyaning xalqaro aeroportlari orqali olib chiqishi mumkin bo‘ladi. Ularga naqd pulni poyezd yoki avtomobil orqali olib chiqishga butunlay cheklov o‘rnatildi. Shuningdek, og‘irligi 100 grammdan ortiq bo‘lgan oltin quymalarini ham olib chiqish ta’qiqlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News