
- 0
- 19.12.2025 16:55:00
- 1 min read
Rossiyada 23 yoshli jurnalist Kirill Bajonov telekanalning “Yil yakunlari Vladimir Putin bilan” dasturi davomida sevgilisining qo‘lini so‘rab, Putinni ham to‘yga taklif qildi. Jurnalist dasturda prezidentga berilgan savol orqali yosh oilalarga ipoteka bo‘yicha yordam ko‘rsatish masalasini ko‘tarib, yosh oilalar uch yillik to‘lovlarda qiyinchilikka duch kelayotganini ta’kidladi. Putin esa bu masalada davlat tomonidan yaratilgan yordam tizimi mavjudligini, shuningdek, past foizli ipoteka imkoniyatlarini eslatib, yosh oilalarga to‘ylarini kechiktirmaslikni maslahat berdi.