
- 0
- 28.05.2026 10:18:00
- 1 min read
Rossiyada migrantlar uchun tibbiy nazorat talablari yanada qat’iylashtirilmoqda. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, chet el fuqarolari Rossiyaga kirishda giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’mol qilganlik holati hamda yuqumli kasalliklar mavjudligi bo‘yicha majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘ladi.
Shuningdek, deputatlar tomonidan qabul qilingan yangi qarorga asosan, Rossiyaga uch oydan ortiq muddatga kelayotgan migrantlar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddati 90 kundan 30 kungacha qisqartirilmoqda.
Mazkur o‘zgarishlar migrantlar ustidan nazoratni kuchaytirish va sanitariya xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilayotgani aytilmoqda.