Rossiyaning muhokamalarga sabab bo‘lgan bayram videosi

Rossiyaning muhokamalarga sabab bo‘lgan bayram videosi
  • 0
  • 29.12.2025 15:10:00
  • 1 min read

Rossiyaning Sputnik axborot agentligi tomonidan e’lon qilingan Rojdestvo videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. AI yordamida yaratilgan ushbu videoda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Santa-Klaus obrazida tasvirlanib, turli davlat yetakchilariga ramziy “sovg‘alar” ulashadi. Eng e’tiborli sahnalardan biri bu Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga kishan “sovg‘a qilinib”, keyin uni panjara ortida ko‘rsatish bo‘ldi. Mazkur video bayramona ruhda taqdim etilgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik uni Rossiya–Ukraina urushi fonidagi siyosiy ishora va provokatsiya sifatida baholamoqda. Video qisqa vaqt ichida millionlab tomosha va keskin munozaralarga sabab bo‘ldi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News