
- 0
- 10.04.2026 10:12:00
- 1 min read
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pravoslav Pasxasi munosabati bilan Ukrainaga qarshi o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatishni e’lon qildi. Sulh 11-aprel soat 16:00 dan 12-aprel kechgacha amal qiladi.
Kremlga ko‘ra, bu davrda barcha yo‘nalishlarda jangovar harakatlar to‘xtatiladi, biroq qo‘shinlarga ehtimoliy provokatsiyalarga tayyor turish topshirilgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham sulhga amal qilishga tayyorligini bildirib, Pasxa bayramini tinch o‘tkazishga chaqirdi.