
- 0
- 18.04.2026 15:36:00
- 1 min read
Rossiya va Hindiston hududlariga harbiy kuchlar, texnika va kemalarni yuborish imkonini beruvchi yangi kelishuvni e’lon qildi. Kelishuvga ko‘ra, har ikki davlat bir-birining hududiga 3 ming nafargacha harbiy xizmatchi, 10 ta harbiy samolyot va 5 ta harbiy kemani yuborishi mumkin. Mazkur qaror qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar, o‘quv yig‘inlari, gumanitar yordam ko‘rsatish hamda tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Hujjatga muvofiq, harbiy samolyotlar kamida 14 kun oldin, harbiy kemalar esa belgilangan tartibda diplomatik kanallar orqali oldindan xabardor qilinishi shart. Kelishuv 2025-yil dekabr oyida Rossiya parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilingan bo‘lib, 2026-yil 12-yanvardan kuchga kirgan. U 5 yil muddatga amal qiladi va avtomatik tarzda yana 5 yilga uzaytirilishi mumkin. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu bitim ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.