
- 0
- 24.06.2026 10:32:00
- 1 min read
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu O‘zbekistonga qarshi uchrashuvda gol urib, futbol tarixidan joy oldi.
41 yoshli hujumchi Jahon chempionatlarida ketma-ket olti turnirda gol urgan ilk futbolchiga aylandi. U avval 2006, 2010, 2014, 2018 va 2022-yilgi mundiallarda ham raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan edi. Uning mundiallardagi gollari soni 10 taga yetdi.
Ronaldu O‘zbekistonga qarshi bahsdan (5:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: “Rekordlar yoqimli, ammo mening asosiy maqsadim — terma jamoamning o‘z maqsadlariga erishishiga yordam berish”, — dedi portugaliyalik futbolchi.