
- 3
- 16.05.2026 14:18:00
- 1 min read
Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Oqqulov matbuot anjumanida yonilg‘i quyish shoxobchalaridagi hojatxonalar ahvolini tanqid qildi. Oqqulovning ta’kidlashicha, ayrim hojatxonalarning talab darajasida emasligi uning ham ta’bini xira qilgan. Rais shoxobchalar bu xizmatdan manfaat ko‘rmayotgani sababli, masalaga jiddiy yondashmayotganini ma’lum qildi.
Shuningdek, sanitariya holatini nazorat qiluvchi mas’ul idoralar mavjud bo‘lsa-da, tekshiruvlar vaqtida ayrim kamchiliklar vaqtincha yashirilishi yoki obyektlar faqat nazorat oldidan tartibga keltirilishi ham ochiqcha gapirildi. Turizm qo‘mitasi ushbu muammoni bartaraf etishda jamoatchilik nazorati muhim ekanini bildirib, fuqarolarning talabchanligi xizmat sifati yaxshilanishiga yordam berishini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekistonning turizm obyektlari va yo‘lbo‘yi hududlarida 11 mingga yaqin hojatxona faoliyat yuritmoqda.