Suv omborlari turistik maskanga aylantiriladi

Suv omborlari turistik maskanga aylantiriladi
  • 1
  • 28.04.2026 16:09:00
  • 1 min read

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatdagi suv omborlaridan turizmni rivojlantirishda samarali foydalanish zarurligini ta’kidladi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonda alohida toifalangan 25 ta suv ombori mavjud bo‘lib, ularni bosqichma-bosqich aholi va turistlar uchun qulay dam olish maskanlariga aylantirish rejalashtirilgan. Avvalroq Quva tumanidagi “Karkidon” suv ombori hududida tashkil etilayotgan turistik majmua ko‘zdan kechirildi. Bu yerda dam oluvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida favqulodda vaziyatlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mutasaddilarga suv omborlari atrofida zamonaviy infratuzilma yaratish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish va hududlarni turizm uchun jozibador maskanlarga aylantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News