
- 0
- 17.04.2026 17:47:00
- 1 min read
Interpol “Ravshan Zolotoy” laqabi bilan tanilgan 37 yoshli Ravshan Muhitdinovni xalqaro qidiruvga berdi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining mulkka qasddan zarar yetkazish, jinoiy uyushma tashkil etish va bezorilik moddalariga ko‘ra ayblovlar qo‘yilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Muhitdinov avval ham og‘ir jinoyatlarda ayblanib, uzoq vaqt O‘zbekistondan tashqarida yashagan. U taniqli tadbirkor G‘ofur Rahimovning qarindoshi ekani aytiladi.
Shu bilan birga, Interpol “O‘zmetkombinat” AJ sobiq rahbari Dilshod Ahmedovni ham qidiruvga bergan. U o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish moddasida gumonlanmoqda.