
- 0
- 20.04.2026 10:54:00
- 1 min read
Avstriyada sotilgan HiPP’ning 190 grammli “sabzi va kartoshka” pyuresi bankasidan kalamush zahri topildi. Shu sababli mingdan ortiq SPAR supermarketlarida mahsulotlar ehtiyot chorasi sifatida qaytarib olindi.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, shubhali bankalarning pastki qismida qizil doira stiker bo‘lgan, qopqoqlari ochilgan yoki shikastlangan. Kompaniya esa zahar mahsulotga tashqaridan aralashtirilgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
Xaridorlarga ushbu mahsulotni iste’mol qilmaslik tavsiya etildi, qaytarilgan mahsulotlar uchun pul to‘liq qaytariladi.