Malinali muzqaymoq🍨

Malinali muzqaymoq🍨
  • 5
  • 26.09.2026 11:28:00
  • 2 min read

Masalliqlar:
2 choy qoshiq makkajo‘xori krraxmali
300 gr muzlatilgan yoki oddiy malina
70 gr shakar
biroz limon sharbati

Muzqaymog‘i uchun:
75 gr oq shokolad
35 gr qaymoq
200 ml ko‘pirtirilgan qaymoq
120 gr quyultirilgan sut
yarim choy qoshiq vanil ekstrakti

ustki qismi uchun:
200 gr oq shokolad
40 gr kakao
biroz qarsildoq malina bo‘lakchalari

Tayyorlanishi:
Avval malinali ichlik tayyorlanadi.
Kichik kastryulka yoki tovaga malina va shakar solib, malina yumshaguncha bir necha daqiqa pishiriladi. Limon sharbati va ozgina suv bilan aralashtirilgan kraxmal qo‘shiladi. Aralashma quyuqlashguncha yana bir necha daqiqa pishiriladi.
Keryin aralashma sovutiladi, so‘ng blenderda maydalanib, urug‘laridan ajratish uchun setkadan o‘tkaziladi. Tayyor massa konditer xaltachasiga solinib, muzlatkichga yuboriladi. Muzqaymog‘ini tayyorlab olish uchun idishga oq shokolad va 35 ml qaymoq solinadi. Mikroto‘lqinli pechda qisqa-qisqa isitib, bir xil massa hosil bo‘lguncha eritiladi. Alohida idishda 200 ml qaymoq mikser yordamida quyuq va mustahkam ko‘pik hosil bo‘lguncha ko‘pirtiriladi. Quyultirilgan sut, vanil ekstrakti va eritilgan oq shokoladli ganash qo‘shilib, bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Muzqaymoq massasi konditer xaltachasi yordamida yarim shar shaklidagi qolipchalarga deyarli to‘ldirilguncha solinadi. O‘rtasiga malinali massa qo‘yiladi va 2–3 soatga muzlatkichga jo‘natiladi. Muzlagach, yarim sharlar qolipdan chiqariladi va ikkita yarim shar birlashtirilib, shar hosil qilinadi. Bu jarayonda tez ishlash muhim, chunki muzqaymoq xona haroratida tez yumshaydi. Tayyor sharchalar pergament qog‘oz solingan patnisga qo‘yilib, qoplamaga botirishdan oldin yana 1 soat muzlatiladi. Ular to‘liq qotishi kerak. Qoplamasi uchun idishga oq shokolad va kakao moyi yoki yog‘ solinadi. Mikroto‘lqinli pechda qisqa-qisqa isitib, bir xil massa hosil bo‘lguncha eritiladi.
Qarsildoq malina bo‘lakchalari qo‘shilib, aralashtiriladi.
Har bir muzqaymoq sharchasi ehtiyotkorlik bilan shokoladli qoplamaga botiriladi va pergament qog‘oz solingan patnisga qo‘yiladi. Malinali muzqaymoqni 1 soatga muzlatgichga yuborib, keyin iste’mol qilsihingiz mumkin!

Yoqimli ishtaha❤️🍨

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News