
- 1
- 08.01.2026 08:39:00
- 1 min read
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHdan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni Venesuela prezidenti Nikolas Maduro singari qo‘lga olishni so‘ragan edi. Qodirov Zelenskiyni “masxaraboz” deb atab, o‘zining Telegram kanalida unga javob qaytardi:
“Masxaraboz AQSH hukumatiga meni o‘g‘irlashni taklif qilmoqda. E’tibor bering, erkak kishiga o‘xshab, hatto o‘zim qilaman, deb do‘q ham qilmadi. Bunday fikrni xayoliga ham keltirmadi. Zelenskiy qo‘rqoqlarcha o‘zini chetga olib, xavfsiz masofadan turib, uni xafa qilgan dahshatli ‘amakisi’ Ramzan Qodirovni boshqalar qanday jazolashini kuzatishga qarshi emasligini bildirdi.
Bu shayton nimalarni qilib ko‘rmadi: meni qidiruvga berdi, sanksiyalar kiritdi. Endi amerikaliklarga yolvorib, qurol-yarog‘ bilan yordam bermadingiz, hech bo‘lmasa Ramzanni o‘g‘irlab keting, demoqda”.
Eslatib qo‘yay, Zelya: dushman respublikamizga kirishi mumkin, lekin chiqib ketolmaydi. O‘zing tavakkal qilib ko‘rasanmi?” deb yozdi Qodirov.
Shuningdek, Qodirov bunday chaqiriqlar urushni to‘xtatish bo‘yicha tinchlik kelishuvlarini buzishini aytdi.