AQSHda migrantlarga qarshi reydlar kuchaymoqda

AQSHda migrantlarga qarshi reydlar kuchaymoqda
  • 0
  • 17.01.2026 09:49:00
  • 1 min read

AQSHning Minnesota shtati shaharlarida federal immigratsiya xizmati (ICE) tomonidan o‘tkazilayotgan reydlar fonida vaziyat keskinlashdi. Mahalliy aholi va shtat rasmiylari ushbu amaliyotlarga qarshi chiqmoqda. 7-yanvar kuni Minneapolisda reyd vaqtida AQSH fuqarosi bo‘lgan bir ayol ICE xodimi tomonidan otib o‘ldirilganidan so‘ng Minnesota rasmiylari Tramp ma’muriyatini sudga berdi. Mahalliy aholi esa ICE agentlariga qarshi norozilik namoyishlarini davom ettirmoqda. Vaziyat hozircha tarangligicha qolmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News