Toshkentda YTH: bir kishi halok bo‘ldi

Toshkentda YTH: bir kishi halok bo‘ldi
  • 0
  • 20.12.2025 16:13:00
  • 1 min read

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Lacetti va Nexia-3 avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Poytaxt YHXB ma’lumotiga ko‘ra, 20-dekabr kuni soat 03:45 da Maxtumquli ko‘chasida 2004-yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti boshqaruvida rulni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan va 1977-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Nexia-3 bilan to‘qnashgan. Hodisa oqibatida Nexia-3 avtomobilining yo‘lovchisi olgan jarohatlari sabab vafot etdi. Har ikki haydovchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda to‘qnashuvdan keyingi holat aks etgan videolar tarqalgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News