Rossiyada vabo xavotiri sabab ayrim kasalxonalarda karantin joriy etildi

Rossiyada vabo xavotiri sabab ayrim kasalxonalarda karantin joriy etildi
  • 6
  • 05.10.2026 17:25:00
  • 1 min read

Rossiyaning Irkutsk viloyatida 28 yoshli laboratoriya xodimi vafot etganidan so‘ng ayrim shifoxonalarda karantin joriy etildi. Shuningdek, Shelexovdagi alyuminiy zavodida niqob taqish rejimi yo‘lga qo‘yildi.
Marhuma Irkutskdagi o‘latga qarshi kurashish institutida ishlagan. Uning o‘limi sababi Rossiya rasmiylari tomonidan hozircha rasman vabo deb e’lon qilinmagan. Rospotrebnadzor xodimada kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya bo‘lganini bildirgan.
Shu bilan birga, ayrim Rossiya nashrlari va Buryatiya rahbari uning o‘latdan vafot etganini ma’lum qilgan. Rasmiy tasdiq bo‘lmagani sababli bu ma’lumotlar hozircha ehtiyotkorlik bilan baholanmoqda.
Marhuma bilan aloqada bo‘lgan 197 kishi tibbiy kuzatuvga olingan, ulardan 189 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Rospotrebnadzor ularning hech birida kasallik belgilari aniqlanmaganini bildirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News