
- 14
- 27.03.2023 14:20:00
- 1 min read
Masalliqlar:
3 boʻlak qovoq (katta boʻlak)
1 dona kartoshka
1 dona sabzi
2 litr suv
3 osh qoshiq kungaboqar yogʻi
1 dona piyoz / 1 adet soğan
3 boʻlak sarimsoq
1 stakan goʻsht suvi
1 stakan sut
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
½ choy qoshiq zarchava
Hamma masalliqlarni kubik shaklda toʻgʻrab shoʻrva tayyorlashni boshlang. Tovaga yogʻ soling va piyozlarni, sarimsoqlarni, sabzilarni solib qovuring.
Toʻgʻralgan qovoqlarni va qirgichdan oʻtkazilgan kartoshkalarni qozonga soling, ustiga issiq suv solib qaynating.
Qovurilgan piyozli aralashmaning ustiga qovoqli aralashmani soling va aralashtirib pishiring
Qovurilgan aralashmani qozonga solib qaynatishda davom eting. Goʻsht suvi va tuz solib, sabzavotlar yumshoq boʻlguncha pishiring. Shoʻrvani blenderdan oʻtkazing.
Orqasidan sutni qoʻshib, yaxshilab aralashtiring.
Zarchava, tuz va qora murchni qoʻshib yana 5 daqiqa qaynating.
Issiq holda dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaha!