Putin Yevropa bilan urushga tayyor ekanligini aytdi

Putin Yevropa bilan urushga tayyor ekanligini aytdi
  • 2
  • 03.12.2025 10:08:00
  • 1 min read

Vladimir Putin Rossiyaning Yevropa bilan urushni xohlamasligini, biroq Yevropa davlatlari urush boshlashga qaror qilsa, Rossiya bunga darhol javob berishga tayyorligini aytdi. 
Putinga ko‘ra, Yevropa davlatlari Donald Trampning Ukrainadagi urushni muzokaralar orqali tugatish harakatlariga xalaqit qilmoqda. Ularning Rossiya uchun qabul qilib bo‘lmaydigan talablar qo‘yishi esa, Putinning fikricha, keyinchalik Moskva tinchlikni istamayapti degan ayblovni oqlashga qaratilgan. U Yevropa davlatlarini “urush tarafida turish”da aybladi. 
“Yevropaliklar AQSHning tinchlikka erishish harakatlariga xalaqit qilmoqda. Ular real voqelikni hisobga olgan taqdirda, biz yevropaliklarga muzokaralarga qaytishga imkon beramiz”, degan Putin.

Putin, shuningdek, Ukraina Rossiya kemalariga hujumlarni davom ettirsa Ukrainaga qarshi hujumlarni kengaytirishini ham ma’lum qildi. 
“Kerak bo‘lsa, Kiyevni dengizdan uzib qo‘yishimiz mumkin”, — dedi Rossiya rahbari.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News