
- 0
- 23.04.2026 10:29:00
- 1 min read
Vladimir Putin 21-aprel kuni bo‘lib o‘tgan forumda Ikkinchi jahon urushi davridagi kabi bugun ham butun mamlakat “front uchun” birlashishi zarurligini ta’kidladi.
Uning aytishicha, o‘sha davrda nafaqat harbiy sanoat, balki oddiy fuqarolar ham frontga yordam bergan va g‘alabaning asosiy sababi aynan shu birlik bo‘lgan. Putin, shuningdek, Ukraina bilan chegarada “xavfsizlik zonasi” yaratish davom etishini va “maxsus harbiy operatsiya” maqsadlariga erishilishini bildirdi.
Manbalarga ko‘ra, Kreml urushni yana 1–2 yil davom ettirishga tayyorlanmoqda. Muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan, Rossiya esa o‘t ochishni to‘xtatish uchun Ukraina qo‘shinlarining Donbassdan chiqishini talab qilmoqda. Vladimir Zelenskiy esa bunga qarshi chiqmoqda.