Putin: Yevropalik cho‘chqachalar Rossiya qulashidan foyda ko‘rmoqchi bo‘lgan

Putin: Yevropalik cho‘chqachalar Rossiya qulashidan foyda ko‘rmoqchi bo‘lgan
  • 2
  • 18.12.2025 16:48:00
  • 1 min read

Putin 17-dekabr kuni Mudofaa vazirligining yil yig‘ilishida nutq so‘zlab, AQShning sobiq ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni qasddan qurolli to‘qnashuvga yetkazishda aybladi. U shuningdek, Yevropa siyosatchilarini “cho‘chqachalar” deb atab, ularning Rossiya qulashidan foyda ko‘rmoqchi bo‘lganini ta’kidladi. Putinning ta’kidlashicha, agar Ukraina va Yevropa mazmunli tinchlik muzokaralariga kirishmasa, Rossiya kuch ishlatib tarixiy hududlarini egallashga tayyor. Shuningdek, u Yevropa siyosatchilarining Rossiya tahdidini sun’iy ravishda oshirib, vahima tarqatishda aybladi va mamlakatining kuchli, modernizatsiyalangan yadroviy arsenal bilan dunyoda yagona ekanini ma’lum qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News