Putin va ash-Shara’a Moskvada uchrashdi

Putin va ash-Shara’a Moskvada uchrashdi
  • 0
  • 29.01.2026 10:17:00
  • 1 min read

Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara’a 28-yanvar kuni Moskvaga tashrif buyurib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Bu ash-Shara’aning so‘nggi uch oy ichidagi Rossiyaga ikkinchi safari bo‘ldi. Muzokaralarda ikki tomonlama aloqalar, xususan iqtisodiy hamkorlik, Suriyani qayta tiklash jarayonida Rossiya kompaniyalarining ishtiroki hamda Rossiyaning Suriyadagi harbiy bazalari masalasi muhokama qilindi. Putin Rossiya–Suriya munosabatlarida ijobiy dinamika kuzatilayotganini ta’kidladi. Ash-Shara’a  esa Rossiyaning mintaqadagi barqarorlikni ta’minlashdagi rolini yuqori baholadi.
Shuningdek, uchrashuvda Rossiyaga qochib ketgan sobiq Asad davridagi yuqori martabali harbiylar faoliyati va Suriyadagi xavfsizlik vaziyati ham ko‘tarilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News