
- 0
- 09.01.2026 07:56:00
- 1 min read
AQSHning Minnesota shtati, Minneapolis shahrida Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) xodimi 37 yoshli ayolni otib o‘ldirgani ortidan keng ko‘lamli norozilik namoyishlari boshlandi.
Hodisa 7-yanvar kuni immigratsiya reydi vaqtida sodir bo‘lgan. ICE ma’lumotiga ko‘ra, ayol avtomobil bilan agentlarga xavf tug‘dirgani sabab o‘q uzilgan. Biroq guvohlar va videoyozuvlarda ayolning jiddiy tahdid solmagani aytilmoqda.Marhuma 37 yoshli, uch farzandning onasi bo‘lgan. Hodisadan so‘ng Minneapolis va boshqa shaharlarda ICE faoliyatiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda
Hodisa yuzasidan federal tergov e’lon qilindi.