O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari ikki tomonlama hujjatlar imzoladi

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari ikki tomonlama hujjatlar imzoladi
  • 2
  • 30.01.2026 08:01:00
  • 1 min read

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi yakunida Qo‘shma bayonot va keng qamrovli strategik sheriklik doirasidagi qarorlarni imzoladi.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash, ta’lim, harbiy tibbiyot, iqtisodiy, moliyaviy va konchilik sohalari, xalqaro transport yo‘laklari, maxsus iqtisodiy zonalar, yadro xavfsizligi, migratsiya, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlovchi ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolandi.

Kelgusi yillarda tovar ayirboshlash hajmi 5 milliard dollarga yetkazilishi, sanoat kooperatsiyasining yangi ustuvor yo‘nalishlari ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News