
- 4
- 23.01.2026 11:49:00
- 1 min read
Prezident maslahatchisi Abdulaziz Komilov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida mamlakat Tinchlik kengashiga qo‘shilish bilan xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish, tashqi siyosat tamoyillariga mos harakat qilish va mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashni maqsad qilganini bildirdi.
Komilovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi beqarorlik va ekstremist guruhlarning Markaziy Osiyoga ta’sirini hisobga olib, xalqaro hamjamiyat bilan birga harakat qilmoqda. U shuningdek, kengashdagi ishtirokni O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini tan olish sifatida baholadi.
22-yanvar kuni Shveysariyaning Davos shahrida Tinchlik kengashi nizomi imzolandi. AQSH prezidenti Donald Tramp kengashning BMT bilan hamkorlikda ishlashini va’da qilgan, uning kuyovi Jared Kushner esa “Yangi G‘azo” loyihasini taqdim qilgan. Tinchlik kengashi tarkibiga jahonning turli mamlakatlaridan nufuzli va ta’sirga ega yetakchilar kiritilgan.