Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi
  • 1
  • 11.12.2025 12:28:00
  • 1 min read

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 11-12-dekabr kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning doimiy betarafligi e’lon qilinganining 30 yilligi va 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb e’lon qilinganiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etishi aytilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti forumning "Tinchlik va ishonch: barqaror kelajak yo‘lidagi maqsadlar mushtarakligi" mavzusida yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi. Sammit doirasida O‘zbekiston rahbari qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News