Prezident Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi
  • 1
  • 30.12.2025 14:01:00
  • 1 min read

30-dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat avvalida davlat rahbari Rossiya prezidentining Nijniy Novgorod viloyatidagi qarorgohiga hujum qilishga urinishni qat’iy qoraladi.Bunday xatti-harakatlar barqarorlik va xavfsizlikka, shu jumladan uzoq muddatli tinchlikka erishishga qaratilgan sa’y-harakatlarga tahdid solishi ta’kidlandi.Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston—Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, bo‘lajak tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News