Prezident Shavkat Mirziyoyev va Paragvay Respublikasi Prezidenti muzokara oʻtkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Paragvay Respublikasi Prezidenti muzokara oʻtkazdi
  • 4
  • 11.12.2025 16:19:00
  • 1 min read

Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya muzokara oʻtkazdi.Muzokarada Oʻzbekiston bilan Paragvay oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi. Mazkur sammit ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni rivojlantirishda yangi davrni boshlab berishi taʼkidlandi. Shuningdek, oʻzaro savdoni koʻpaytirish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish va oʻzaro manfaatli sohalarda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorligini tasdiqladilar. Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya Qoʻshma bayonotni imzoladilar. Shuningdek, yetakchilar huzurida Oʻzbekistonning JSTga qoʻshilishi doirasida bozorga kirish masalalari boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani toʻgʻrisidagi bayonnoma hamda Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuv mexanizmini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News