
- 1
- 20.12.2025 14:40:00
- 1 min read
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokioga rasmiy tashrifi doirasida Yaponiya taʼlim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri Matsumoto Yoxey, Yaponiya fanni ilgari surish jamiyati prezidenti Sugino Suyosi hamda Yaponiyaning Sukuba, Nagoya, Tottori universitetlari, Tokio qishloq xoʻjaligi va texnologiyalar universiteti, Nagoya iqtisodiyot universiteti kabi yetakchi oliy taʼlim muassasalarining rahbarlari bilan uchrashdi. Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya uzoq yillar davomida fanga sarflanadigan xarajatlar va ilmiy patentlar soni boʻyicha yetakchilar safida turishini qayd etdi. Mamlakat koʻplab atoqli olimlarni, xususan, fizika, kimyo va tibbiyot sohalarida Nobel mukofoti sovrindorlarini yetishtirib chiqardi. Yaponiya maktab taʼlimi modeli tabiiy fanlar va matematika boʻyicha kuchli tayanch bazasi mavjudligi, dars oʻtishning yuqori sifati, mehnatsevarlik, jamoa boʻlib ishlash va intizom madaniyati bilan ajralib turadi. Nufuzli yapon diplomlari, ayniqsa, muhandislik, robototexnika, tibbiyot va farmatsevtika sohalarida butun dunyoda yuksak qadrlanadi. Yaponiyada taʼlim va fan bilan sanoat va biznes oʻrtasida yaqin va mustahkam aloqalar oʻrnatilgani alohida eʼtiborga loyiq. Bugungi kunda 2,8 mingdan ortiq oʻzbekistonlik talaba Yaponiyaning yetakchi taʼlim muassasalarida tahsil olmoqda. Birgina JDS stipendiya dasturi boʻyicha 440 dan ziyod davlat xizmatchilari Yaponiyada oʻqitildi. shu matinni rus va ingliz tillariga tarjimaq qilib ber