Prezidentning Samarqand–Urgut temir yo‘li bo‘yicha ishlar bilan tanishuvi

Prezidentning Samarqand–Urgut temir yo‘li bo‘yicha ishlar bilan tanishuvi
  • 6
  • 25.11.2025 15:37:00
  • 1 min read

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida yangi “Samarqand – Urgut” temir yo‘l yo‘lagida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. Davlat rahbari jamoatchilik vakillari bilan birga poyezd orqali Urgutga bordi, yo‘l davomida amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlari, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish rejalari haqida ma’lumot oldi.

Urgut tumaniga yetib borgach, Prezident hudud faollari, oqsoqollar, sohaga mas’ullar va yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda infratuzilmani rivojlantirish, turizm salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari Urgutning yirik iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi imkoniyatlarini alohida qayd etib, yangi temir yo‘l liniyasi aholining harakati, savdo-sanoat rivoji hamda mintaqa turizmiga kuchli turtki berishini ta’kidladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News