
- 0
- 04.07.2026 17:11:00
- 1 min read
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli va Yangihayot tumanlari aholisini uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan badbo‘y hid muammosini joriy yil 1-sentabrgacha bartaraf etishni topshirdi.
Buning uchun oqova suv qabul qilish inshootiga zamonaviy filtrlash uskunalari o‘rnatiladi. Shuningdek, kelasi yildan BAA hamkorlari bilan Quyi Chirchiq tumanida yangi zamonaviy suv tozalash inshooti qurilishi boshlanadi. Bu Sergelidagi mavjud inshootga tushayotgan yuklamani sezilarli kamaytiradi.
Bundan tashqari, Sergelida 23 kilometr yo‘lda harakat xavfsizligi yaxshilanib, 455 ta “aqlli” svetofor, 150 ta avtobus bekati va 10 ming o‘rinli avtoturargoh barpo etiladi. Kelasi yili esa Yangi Sergeli ko‘chasida 5,5 kilometrlik BRT yo‘lagi qurilishi rejalashtirilgan.