Serbiya prezidenti O‘zbekistonda

Serbiya prezidenti O‘zbekistonda
  • 6
  • 28.10.2025 16:36:00
  • 1 min read

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Shavkat Mirziyoyev uni tantanali ravishda kutib oldi. Marosimda ikki davlat madhiyalari yangradi, faxriy qorovul safi ko‘zdan kechirildi va delegatsiyalar o‘rtasida muzokaralar boshlandi.
Tashrif doirasida tomonlar O‘zbekiston—Serbiya hamkorligini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.
Vuchich, shuningdek, Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasida faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News