Paragvay Prezidenti Oʻzbekistonga keldi

Paragvay Prezidenti Oʻzbekistonga keldi
  • 1
  • 11.12.2025 15:18:00
  • 1 min read

Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya 11-13-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda boʻladi. Tashrif dasturida ko‘rsatilishicha, Toshkentda boʻlib oʻtadigan oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston bilan Paragvay oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida sheriklikni oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, Paragvay yetakchisi, Xalqaro avtomobil federatsiyasi Bosh assambleyasida va federatsiya shafeligida oʻtkaziladigan musobaqalar gʻoliblarini taqdirlash marosimida qatnashadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News