Prezident Milliy dendrologiya bog‘ini barpo etishga start berib, ko‘chat ekdi

Prezident Milliy dendrologiya bog‘ini barpo etishga start berib, ko‘chat ekdi
  • 0
  • 01.04.2026 15:37:00
  • 1 min read

Shavkat Mirziyoyev 1-aprel kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etib, poytaxtda 108 gektar maydonda barpo etiladigan Milliy dendrologiya bog‘iga start berdi.

So‘nggi yillarda loyiha doirasida har yili 200 million tup ko‘chat ekilib, 2 ming gektardan ortiq maydonda 900 dan ziyod yashil hududlar tashkil etildi. Orolbo‘yida 2 million gektar maydonda himoya o‘rmonzorlari yaratildi va mamlakatdagi yashillik darajasi 8 foizdan 14,2 foizga yetdi. 2030-yilgacha bu ko‘rsatkichni 30 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Yangi rejaga ko‘ra, hududlarda keng ko‘lamli o‘rmonzorlar barpo etiladi, har bir viloyatda dendrologiya va botanika bog‘lari tashkil qilinadi hamda “yashil” texnikumlar ochilib, yiliga 10 ming mutaxassis tayyorlanadi.

Tadbir yakunida davlat rahbari va ishtirokchilar bog‘ning dastlabki 5 gektar maydoniga ko‘chat ekdi. Shu kuni respublika bo‘ylab 88 ming tup daraxt o‘tqazildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News