Prezident jinoiy to‘dalarga qat’iy ogohlantirish berdi

Prezident jinoiy to‘dalarga qat’iy ogohlantirish berdi
  • 1
  • 26.12.2025 14:37:00
  • 1 min read

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayrim sportchilar ham jinoiy guruhlarga qo‘shilib, tadbirkorlardan pul undirayotgani, biznesga bosim o‘tkazayotgani va moliyaviy jinoyatlar sodir etayotganini aytdi. Shuningdek, o‘zini “qonundan ustun” deb biladigan, odamlar o‘rtasidagi masalalarni noqonuniy hal qilayotgan jinoiy to‘dalar mavjudligi qayd etildi. Davlat rahbari bunday guruhlar faoliyatiga chek qo‘yishga kuch yetishini ta’kidladi. “Hamma eshitib olsin: bunday jinoiy to‘dalar faoliyatiga chek qo‘yishga kuch-qudratimiz yetadi va buni albatta qilamiz! O‘zbekistonda fuqarolarimiz, tadbirkorlarimiz va investorlarni har qanday vaziyatda ham ishonchli himoya qiladigan davlat bor, konstitutsiya bor, qonunlar bor!", dedi prezident.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News