
- 1
- 21.11.2025 10:11:00
- 1 min read
Qozog‘istonda prank videolarini taqiqlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva Senat majlisida ma’lum qildi. Vazirning aytishicha, ko‘plab pranklar odamlarning ruxsatisiz suratga olinayotgani sababli noroziliklar ko‘paygan. Shu bois, kimni va qaysi sharoitda tasvirga olish mumkinligini belgilovchi aniq qoidalarni ishlab chiqish uchun ishchi guruh tuzilmoqda.
Balayeva bu tashabbus amaldorlarni himoya qilish uchun emas, balki fuqarolarning shaxsiy hayotini asrash maqsadida ko‘rib chiqilayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada jurnalistlar ham, oddiy odamlar ham ko‘p murojaat yuborayotganini inobatga olishga to‘g‘ri kelmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, prank — odamni kutilmagan yoki noqulay vaziyatga solib, uning reaksiyasidan kulish uchun qilinadigan hazil turi.