
- 3
- 06.01.2026 15:43:00
- 1 min read
Dushanba kuni Karakasdagi Venesuela Milliy assambleyasida Delsi Rodriges vaqtincha prezident sifatida qasamyod qildi. Yig‘ilish davomida deputatlar Nikolas Maduroni qo‘llab, “Olg‘a Niko!” degan shiorlar yangradi. Tadbirda Maduroning o‘g‘li, parlament a’zosi Nikolas Maduro Guerra ham qatnashib, ota-onasining Venesuelaga “qaytishi” haqida gapirdi va Delsi Rodrigesni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shu fonda yaqinda Trampning o‘rniga Nobel mukofotini olgan Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado yaqin orada mamlakatga qaytib, prezidentlik saylovida ishtirok etish niyatini e’lon qildi. Reuters’ga ko‘ra, u adolatli saylovlar bo‘lsa, muxolifat 90 foizdan ortiq ovoz to‘plashiga ishonmoqda. Machado AQSH prezidenti Donald Trampning Maduroni hokimiyatdan chetlatish harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, o‘ziga berilgan Nobel tinchlik mukofotini Trampga shaxsan berishini aytdi. Biroq Tramp hozircha Venesuelada avval barqarorlikni tiklash zarur, deya yangi saylovlarga shubha bilan qaramoqda. Ayni paytda Karakasda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, OAV xodimlari qisqa muddatga hibsga olingan. Venesueladagi vaziyat ichki va xalqaro miqyosda keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.