
- 0
- 27.05.2026 15:57:00
- 1 min read
Tailandda politsiya narkosavdogarni qo‘lga olish uchun noodatiy reja tuzdi. Politsiyachilar gumondorni shubhalantirmaslik uchun yaltiragan liboslar kiyib, ayol raqqosalar guruhi sifatida festivalga qo‘shilgan. Ular odamlar orasida bemalol raqs tushib yurib, narkosavdogarni kuzatgan. Bir necha daqiqalik kuzatuvdan so‘ng gumondor qo‘lga olingan.
Operatsiyadan keyin esa politsiyachilar yaltiragan sahna liboslarini yechmasdan, “kostyum ijarasiga ketgan pul kuyib ketmasin, dedik”, deya qo‘lga tushgan narkosavdogar bilan suratga tushgan.