
- 0
- 14.02.2026 15:20:00
- 1 min read
Kecha, 13-fevral kuni Jet 2 aviakompaniyasining Antaliya–Manchester yo‘nalishidagi samolyoti yo‘lovchilar o‘rtasidagi mushtlashuv sababli Bryussel aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Ma’lum qilinishicha, Antaliyadan uchgan samolyotda irqchilikka oid gaplar tortishuvga olib kelib, qisqa fursatda mushtlashuvga aylangan. Kabina ekipaji aralashgan bo‘lsa-da, janjal davom etgani uchun uchuvchi favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan. Politsiya ikki yo‘lovchini samolyotdan tushirib olib ketgach, reys Manchesterga davom ettirilgan. Aviakompaniya janjalga aralashgan yo‘lovchilarni umrbod parvozlardan chetlatishini va favqulodda qo‘nish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni ulardan undirishini bildirdi.