
- 0
- 14.03.2026 21:31:00
- 1 min read
Turkiyada uchuvchi ota va qizning iliq onlari ijtimoiy tarmoqlarni zabt etdi. 65 yoshli kapitan Ali Akman Sarihan 45 yillik uchuvchilik faoliyatini yakunlab, so‘nggi parvozini qizi Jemresu Sarihan bilan birga amalga oshirdi. Bu ota kasbini tanlagan Jemresuning ilk parvozi edi. Ota va qiz birgalikda Shanliurfa–Antaliya yo‘nalishida muvaffaqiyatli parvoz qilishdi. Shu tariqa uchuvchi ota "osmonni" qiziga topshirdi.