Qo‘qonda Yangi yil kechasida mushakbozlik qilganlar 15 sutkaga qamaldi

Qo‘qonda Yangi yil kechasida mushakbozlik qilganlar 15 sutkaga qamaldi
  • 0
  • 02.01.2026 17:07:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qondagi xavfli mushakbozlik aks etgan videolar tarqalib, keng muhokama va e’tirozlarga sabab bo‘lgandi. Yangi yil kechasi, 1-yanvarga o‘tar kechasi Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida noqonuniy mushakbozlik uyushtirgan shaxslar 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi. 31-dekabr kuni soat 23:55 atrofida Qo‘qon shahridagi A. Charxiy ko‘chasida 10–15 nafar fuqaro yo‘lning qatnov qismida qo‘lbola pirotexnika vositalarini yoqishga uringan. Ushbu pirotexnika vositalari O‘zbekiston tumanining Ohunqaynar qishlog‘ida qo‘lbola usulda tayyorlangani aniqlangan. Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarlarning har biriga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda BHMning 30 baravari miqdorida jarima belgilandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News